Bir yillik pul aylanmasi $1.000.000 va undan baland bo’lgan kompaniyalar
Faqat qurilish va ta’lim sohasidagi bizneslar
Bizneslar brendini qurib, sotuvini ko’paytiradigan strategik biznes sherikman.
Tadbirkor. Strateg. Euromed xususiy maktabi biznes sherigi.
Abdullo Nasullayev
2019 yildan beri media va marketing sohasida ishlayman. Faoliyatim davomida asosiy e’tiborim har doim bitta narsaga qaratilgan: biznesni tizimli o‘sishga olib chiqish.

2021 yilda men boshqargan “Modul 5” ta’lim loyihasi davlat tomonidan yilning eng yaxshi ta’lim loyihasi sifatida e’tirof etildi. Shu davrdan boshlab, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib siyosat vakillari va yirik biznes egalari uchun professional shaxsiy brend qurishga ixtisoslashgan agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydim.

Keyingi 4 yil davomida Portret Group agentligi tarkibida 50 dan ortiq multi-millioner tadbirkorlar bilan ishladik. Jamoamiz bir vaqtning o‘zida 20 ta mijozga, 30+ xodim bilan xizmat ko‘rsatib, o‘z yo‘nalishida barqaror va tizimli ishlaydigan agentliklardan biriga aylandi. Bu davrda biz reklama emas, pozitsiyalash, ishonch va uzoq muddatli qiymat ustida ishladik.

2024 yil dekabr oyidan boshlab faoliyatimiz yangi bosqichga o‘tdi — qurilish obyektlarini “Zapusk modeli” asosida sotish yo‘lga qo‘yildi. Bir yil ichida hamkorlarimiz uchun 30 million dollardan ortiq sotuv amalga oshirildi, shundan 30% real kassaga tushdi. Loyihalarimiz orasida biznes-klass xonadonlar va tijoriy do‘konlar mavjud bo‘lib, bu yondashuvimiz turli formatdagi obyektlarga mos kelishini amalda ko‘rsatdi.

2025 yil may oyidan boshlab Euromed Xalqaro Tibbiyot Maktabi bilan strategik sheriklikni boshladik. Hamkorlik boshlanganidan keyin 3 oy ichida biznes 3 barobarga o‘sdi va o‘z nishasida yetakchi pozitsiyaga chiqdi.

Bugungacha biz bilan ishlagan deyarli barcha bizneslar hamkorlikdan oldin kuchli raqobat, past sotuv yoki tartibsiz boshqaruv muammolariga duch kelgan. Hamkorlik jarayonida esa tizimli yondashuv, aniq strategiya, kuchli jamoa va moliyaviy intizom hisobiga qisqa muddatda barqaror va takrorlanadigan natijalarga chiqildi.

Men va jamoamning yondashuvi oddiy: 
biz maslahat berib chetda turmaymiz — jarayon ichiga kiramiz va natijagacha mas’ul bo‘lamiz.
12 oyda hamkorlarimiz uchun $30.000.000 dan ortiq sotuvlarni amalga oshirdik
Keyslar
* Barcha keyslarni ko'rish uchun o’nga suring →
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
~$7 mln
$3 mln
~$100.000
40 kun
Toshkent sh. Sergeli tumani
880% dan ortiq
40 kun ichida 110 dan ortiq Komfort plus klass xonadonlarni “zapusk modeli” orqali sotuvini amalga oshirdik.
China House
Yo’nalish: Komfort plus uylar
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Mijoz narxi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
250+ o'quvchi
4.3 mln uzs
~$20.000
$71
Toshkent sh.
Novza metrosi.
400% dan ortiq
3 oy ichida raqobat katta bo’lgan bozorda minimal xarajat bilan sotuv rejasini 110% ga bajardik.
[Barcha tafsilotlar videoda]
Euromed School
Yo’nalish: Xususiy maktab
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
$3 mln
$1 mln
$50.000+
20 kun
Toshkent sh. Yangi O’zbekiston
400% dan ortiq
30 kun ichida 50 dan ortiq biznes klass xonadonlarni “zapusk modeli” orqali sotuvini amalga oshirdik.
China House
Yo’nalish: Biznes klass uylar
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
$600.000+
$200.000+
$20.000+
20 kun
Namangan shahar markazi
Ilk sotuv
5 yilda sotilmagan do’konlarni 20 kun ichida “zapusk modeli” orqali sotuvini amalga oshirdik
China House
Yo’nalish: Tijoriy dokonlar
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
~$3 mln
$1 mln
~$50.000
30 kun
Toshkent sh. Yangi O’zbekiston
200% dan ortiq
“Yangi O’zbekiston” TJM’ning 2-zapuski 100% mustaqil ravishda qurilgan tizim asosida jamoa orqali amalga oshirildi.
China House
Yo’nalish: Biznes klass uylar
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
$3 mln
$1 mln
$30.000+
10 kun
Namangan shahar markazi
900% dan ortiq
“Navro’z Residence” TJM’ning 2-zapuski 10 kun ichida 3x kamroq xarajat bilan $3 mln’lik sotuvni amalga oshirdik.
China House
Yo’nalish: Komfort plus uylar
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
$8 mln
~$1 mln
$100.000+
10 kun
Buxoro shahar markazi
Ilk sotuv
10 kunda ichida 100 dan ortiq komfort klass xonadonlarini “zapusk modeli” orqali sotuvini amalga oshirdik
Modern Houser
Yo’nalish: Komfort plus uylar
Jami sotuvlar:
Kassaga kirim:
Xarajat miqdori:
Ish davomiyligi:
Loyiha manzili:
Biz bilan o’sish foyizi:
Erishilgan natijalar:
~$5 mln
$1.5 mln
~$100.000
40 kun
Namangan sh.
Yangi O’zbekiston bog’i
Ilk sotuv
40 kun ichida 150 dan ortiq komfort klass xonadonlarini “zapusk modeli” orqali sotuvini amalga oshirdik
China House
Yo’nalish: Komfort klass uylar
Biz shaxsiy brendini yuritgan tadbirkorlar
Biz xizmat ko’rsatgan tadbirkorlar
Mijozlarimiz:
50 dan ortiq taniqli tadbirkorlar va ekspertlar shaxsiy brendlarini qurdik
Portret Group
Yo’nalish: Shaxsiy brend
Mening vazifalarim
Biznes model
Biznes maqsadingizdan kelib chiqib, sotuv va o‘sishni beradigan aniq strategiya ishlab chiqaman.
Pul olib keladigan strategiya tuzaman
Byudjet va muddatni nazorat qilib, natijani real daromad bilan ko‘rsataman.
Strategiyani pulgacha olib boraman
Lid kelishidan pul kassaga tushguncha bo‘lgan jarayonni yagona ishlaydigan mexanizmga aylantiraman.
Marketing va sotuvni tizimga solaman
O’sish strategiyasi
01
Biz kompaniyani bozor, mahsulot, jamoa, moliya va boshqaruv nuqtai nazaridan tahlil qilamiz. O‘sish nuqtasini aniqlab, resurslar samaradorligini oshirib, aniq ustuvorliklar va strategik yo‘nalish belgilaymiz. Maqsad — nazorat qilinadigan va ishonchli o‘sish.
Jamoa shakllantirish
02
Kompaniyada samaradorlik ko‘pincha odamlar emas, rol va mas’uliyatlar noaniqligi sabab tushadi. Biz tijoriy bo’limdagi har bir lavozim uchun aniq vazifa, javobgarlik va natija ko‘rsatkichlarini belgilaymiz. Natijada, rahbar “hamma ishni o‘zi qilish”dan chiqib, boshqaruvchi sifatida ishlay boshlaydi.
Tizim qurish
03
Biz kompaniyada bilim va tajriba shaxsga bog‘lanib qolmasligi uchun jarayonlarni hujjatlashtiramiz. Reglamentlar — bu byurokratiya emas, balki barqarorlik va takrorlanadigan natija. Tizim shunday quriladiki, kompaniya o‘sishda ham, inqirozda ham barqaror ishlay oladi. Barcha jarayonlarni birgina telefon orqali masofadan boshqarish imkoniga ega bo’lasiz.
Moliya / UNIT-ekonomika
04
Biz qarorlarni his-tuyg‘u bilan emas, raqamlar bilan qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Har bir mahsulot, kanal va jarayonning foydaliligi tahlil qilinadi. Natijada biznesdagi har 1 so’m qayerga ketayotgani va qancha daromad keltirayotganini bilamiz. Maqsad — katta “оборот” ortidan quvish emas, balki foydani ko’paytirish.
Asoschining shaxsiy brendi
05
Tadbirkorning shaxsi — bu faqat imij emas, balki biznesni tezlashtiruvchi omil. Biz asoschini bozor, investorlar va hamkorlar ishonadigan shaxs sifatida pozitsiyalaymiz. To‘g‘ri qurilgan shaxsiy brend kompaniyaga pul, aloqalar va imkoniyatlar olib keladi.
Marketing / sotuv tizimi
06
Marketing va sotuv alohida bo‘limlar emas, balki yagona mexanizm sifatida ishlashi kerak. Biz lid tushirishdan boshlab, bitim yopilishigacha bo‘lgan jarayonni tizimlashtiramiz. Natijada kompaniya tasodifiy sotuvlardan — prognoz qilinadigan daromadga o‘tadi.
Natijagacha nazorat qilish
07
Biz strategiya yoki tavsiyalar bilan cheklanib qolmaymiz. Qarorlar qanday amalga oshirilayotganini va ular real daromadga qanday ta’sir qilayotganini nazorat qilamiz. Bizning ishimiz prezentatsiya bilan emas, kassadagi pul bilan baholanadi.
Har bir loyiha 7 ta asosiy bosqichdan iborat:
Bosqichlar
Bizning qadriyatlarimiz
* Barchasini ko'rish uchun o’nga suring →
5/5
Biz faqat qonun doirasida, rasmiy va barqaror o‘sishga yo‘naltirilgan bizneslar bilan hamkorlik qilamiz. Qisqa muddatli foyda uchun riskli yechimlar bizning modelga to‘g‘ri kelmaydi.
Huquqiy tozalik va uzoq muddatli yondashuv
4/5
Hamkorlikda rollar, vakolatlar va mas’uliyatlar aniq belgilangan bo‘lishi shart. Biz qarorlar hissiyotga emas, kelishuv va tizimga tayangan muhitda ishlaymiz.
Professional chegaralar va boshqaruv madaniyati
3/5
Hamkor mahsulot, bozor va ichki jarayonlarni tushunishi kerak. Biz jarayonni boshqarish va o‘sishni tezlashtirish uchun kiramiz, biznesni noldan o‘rgatish uchun emas.
Biznesni chuqur tushunish
2/5
Hamkorlik faqat qarorlar va ularning oqibatlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan asoschilar bilan quriladi. Biz tashqi ayblovlar emas, ichki boshqaruvga tayangan bizneslar bilan ishlaymiz.
Natija uchun shaxsiy javobgarlik
1/5
Biz faqat real raqamlar asosida ishlaydigan bizneslar bilan hamkorlik qilamiz. Moliya, sotuv va jarayonlar bo‘yicha ochiqlik — strategik qarorlarning asosiy sharti.
Ochiq va shaffof boshqaruv
Bizning qadriyatlarimiz
Mustaqil o'sish
Biz bilan birga o'sish
Biz uzoq muddatli hamkorlik va tizimli o’sish strategiyasi asosida xarakatlanamiz
Biz quyidagi muammolarga yechim beramiz
Muammolar
Biznes o‘smoqda, lekin qayergacha va qanday narx evaziga — aniq emas.
Strategik
Nafaqat foydani barqarorlashtiramiz, balki xarajatlarni ham optimallashtiramiz
Moliyaviy
Biznes - shaxslar va biznes egasi ta’siri bilan emas, to’g’ri qurilgan tizim asosida rivojlanishi kerak.
Tizim
To’g’ri tizim - to’g’ri jamoa bo’lganda kutilgan natijani beradi. Biz kerakli insonlarni kerakli joyga qo’yamiz
Jamoaviy
Kompaniya kattalashgani sari boshqaruv soddalashmaydi, balki murakkablashadi. Biz murakkab jarayonni oson boshqaramiz
Boshqaruv
Yanvar oyida audit uchun qo’lgan joylar soni: 3 ta
Siz bilan ishni boshlashimiz uchun “Biznes auditga” ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.
Bizning taklif hamma uchun to'g'ri kelmaydi!
DIQQAT
Kontaktlar
Savollaringiz qoldimi?
Made on
Tilda